Norboyeva Gulihayyo Nabijonovna

Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi ona tili va adabiyot fani metodisti

+998 93 344 66 76

Ish faoliyati

Norboyeva Gulihayyo Nabijonovna 1994-yilda Samarqand viloyati Payariq tumanining “Taraqqiyot” mahallasida tug‘ilgan. 2013-2017 – yillarda Samarqand davlat universiteti, o‘zbek filologiyasi fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)mutaxassisligini tugatgan.2018-2020-yillar SamDU magistranti.

Kasbiy faoliyati: 2017-2019- yillar Payariq tumanidagi 59-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi. 2019-2021- yillar  Payariq tumanidagi 53-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.    

2023-yildan buyon Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida ona tili va adabiyot fani metodisti lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

Yutuqlari: Respublika va xalqaro miqyosdagi bir qator gazeta  va jurnallarida  maqolalari chop etilgan. Norboyeva Gulihayyo Nabijonovna 2024- yil dekabr oyida “Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi respublika seminarida master-trener sifatida qatnashib,  PISA -2025 tadqiqotida yetakchi trener vazifasini bajardi. 2025-yilda “ Oson morfologiya ” mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyasi chop etildi.

2025-2026- o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining master-trenerlari uchun trening mashg‘ulotlarida qatnashdi, sertifikat bilan taqdirlandi.

Powered by GSpeech