Norkuvatova Zuxra G‘ofurovna 1982 yil 9 Oktyabrda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi Mang‘itobod qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1999 yilda 18-umumtaʼlim maktabini tamomlagan. 2001-2004 yillarda Toshkent davlat madaniyat institutini kutubxonashunoslik va bibliografiya fakultetida tahsil olgan.
2004-2006 yillarda Pastdarg‘om tumanida 18-umumta’lim maktabi kutubxonachisi, 2007 yilda Pastdarg‘om tumani axborot-resurs markazi rahbari, 2007-2025 yillarda Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi axborot-resurs markazi bosh mutaxassisi.