Pardayev Zafar Shukurovich 1978-yil 14-iyunda Urgut tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2000-yilda Samarqand davlat universiteti, Pedagogika fakultetini bakalavr bosqichini, 2002-yilda Fizika fakultetida magistratura bosqichini tamomlagan. 2002-2010-yillar davomida Samarqand davlat universitetida faoliyat olib borgan.
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazida mehnat faoliyatini 2012-yilda boshlagan bo‘lib, ushbu yillar davomida: Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi assistenti (2012-2018); Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi (2018-2019); Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi (2020-2021); Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i (2021-2022) lavozimlarida faoliyat olib borgan.
2022-yildan hozirga qadar pedagogik mahorat markazida Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib boradi.