Rajabova Xurriyat O‘ktamboyevna

Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Boshlang‘ich ta’lim metodisti

Ish faoliyati

      Rajabova Xurriyat O‘ktamboyevna 1990-yil 13-mayda Xorazm viloyati.Hazorasp tumani “Navro‘z” mahallasida tug‘ilgan . 2009-2013-yillarda Toshkent viloyati Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi mutaxassisligini imtiyozli diplom bilan tugatgan.

    Kasbiy faoliyat:i 2013- yil Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 14- umumta’lim maktabda boshlang‘ich sinf o’qituvchisi.2014-2024-yillarda Samarqand shahar 38- umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va boshlang‘ich ta’lim uslubiy birlashmasi rahbari.

2024-yildan  Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi Boshlang‘ich ta’lim metodisti lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

      Yutuqlari:  Respublikadagi bir qator gazeta  va jurnallarida  maqolalari chop etilgan.  Rajabova Xurriyat O‘ktamboyevna 2019-yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati kengashi tomonidan o‘tkazilgan  “Ustozim–E’zozim” ko‘rik-tanlovi g‘olibi. 2020-yil Samarqand viloyati kengashi tomonidan   ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan sportning shashka turi bo‘yicha 2- o‘rin sohibi. 2021-yil “30 yillikka -30 mukofot” Respublika ko‘rik- tanlovi g‘olibi. “Ustoz-2021” Milliy mukofoti tanlovi ishtirokchisi.Samarqand shahar boshlang‘ich ta’lim uslub birlashma rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan “ Eng namunali uslubiy birlashma rahbari”  nominatsiya g‘olibi.2022- yil  UNESCO bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “ Tabiiy fanlar- ilm- fan olamiga ilk qadam”  Xalqaro  konfrensiyasi treneri. 2023-yil  Samarqand viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish Milliy markazida o‘tkazilgan “XXI asr o’qituvchisi”  ko‘rik – tanlovi     “ Kreativ pedagog “ nominatsiyasi g‘olibi. Ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan yangi avlod darsliklari bo‘yicha tashkil etilgan “ Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” Respublika seminari ishtirokchisi. 2024-yil MMTV tomonidan Respublika miqyosida o‘tkazilgan “ Uchinchi ustozlar  milliy forumi “ ishtirokchisi sertifikat  sohibi. Umumta’lim fanlarini bilish bo‘yicha sertifikat sohibi. Chet tilini bilish bo‘yicha  B1 darajani olgan. Ilg‘or ish tajribalari Respublika miqyosida ommalashgan.  Oliy toifali. “Xalq ta’limi a’lochisi“ unvoni sohibi.

Powered by GSpeech