Shakarov Ahrorjon Omonqulovich

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi

+99897-289-89-86 axrorshakarov86@gmail.com

Ish faoliyati

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassis lavozim yo‘riqnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi buyruqlarida belgilangan vazifalar bajarilishini tashkil etish;
bo‘lim bosh mutaxassisi tegishliligi bo‘yicha pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari rahbarligida faoliyat olib borish.

hududiy markaz veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va guruhlarini talab darajasida yuritilishini ta’minlash;

raqamli resurslar, dasturiy ta’minot va texnikaviy vositalarni taqdim etish va ularning samarali ishlashini ta’minlash.

lokal va global tarmog‘ining avariyadan keyingi ishchi holatini tiklash sxemasini ishlab chiqish; nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, ularning vujudga kelishini oldini olish maqsadida serverlar hamda tarmoq tizimlarini profilaktik ko‘rikdan o‘tkazib borish;

nosoz uskunalarni tamirlash, texnik va ma’naviy jihatdan eskirgan server, kompyuter texnikalarini o‘rnatilgan tartibda markaz hisobidan chiqarish va yangilarini xarid qilish bo‘yicha takliflarni kiritish;

yangi dasturiy taminot mahsulotlarini sinovdan otkazadi, tegishli xulosalar tayyorlaydi va amaliyotga joriy etish;

raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun treninglar va seminarlar tashkil etish; raqamli texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligini monitoring qilish orqali tahlil qilish; monitoring natijalarini hisobotlarda ko‘rsatish va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berish;

ta’lim dasturlarini raqamli texnologiyalar bilan boyitish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

pedagog xodimlarga raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish; zarur raqamli resurslar va materiallarni tayyorlash va taqdim etish;

raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini monitoring qilish va tahlil qilish;

monitoring natijalari asosida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

raqamli texnologiyalar bo‘yicha seminarlar, treninglar tashkil etish;

Powered by GSpeech