Hududiy markaz yuriskonsultining vazifalari quyidagilardan iborat:
Hududiy markaz yuridik xizmat xodimi yuriskonsulti xizmat faoliyati davomida bevosita hududiy markaz rahbariga bo‘ysunadi.
Yuridik xizmat xodimi yuristkonsult faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qarorlari va markaz faoliyatiga oid huquqiy hujjatlarni o‘zlashtirgan holda yuqoridagi qonun hujjatlarga asosan tashkil etadi.
Hududiy markazning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni tashkil etish.
Hududiy markaz tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish.
Hududiy markazning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash masalalarida ularning tuzilmalari ishini muvofiql ashtirish.
Hududiy markaz xodimlarinig huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini shu jumladan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishda ishtirok etish.
Hududiy markazning shartnomaviy huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish, markazning mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash.
Hududiy markaz rahbariyatiga taqdim etiladigan buyruqlar, farmoishlar, shartnomalar va yuridik tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish.
Javobgarligi va o‘zaro o‘rin bosishi:
Yuridik xizmat xodimi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Topshirilgan vazifalarni belgilangan vaqtda bajarmagan hollarda intizomiy jazoga tortiladi.
Yuridik xizmat xodimini lavozimiga tayinlash va ozod qilish masalalari Adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
Yuridik xizmat xodimi o‘z majburiyatlarini va funksiyalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Yuridik xizmat xodimi o‘zi viza qo‘ygan hujjatlarning va o‘zi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.