Zaynizoda Tahmina

Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi biologiya fani metodisti

+998 91 524 08 50

Ish faoliyati

Zaynizoda Tahmina 1975 yil 30 mayda Samarqand viloyatining Samarqand tumanidagi Ko‘saho qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 1991 yilda 16-umumtaʼlim maktabini tamomlagan. 1992-1998 yillarda Samarqand davlat  universitetining Biologiya fakultetida tahsil olgan. 2009-2024 yillarda biologiya fani o‘qituvchisi bo‘lib umum ta’lim maktablarida faoliyat yuritib kelgan.

O‘qituvchilik faoliyati davomida Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazida “Pedagogning kasbiy rivojlanish ta’lim trayektoriyasi” asosida malaka oshirish bo’yicha tashkil etilgan tajriba sinovda qatnashib, biologiya fani katta o‘qituvchisi N.Yunusova bilan trener sifatida seminarlarda faoliyat olib borgan. Mahorat akademiyasida 7-sinf laboratoriya mashg‘ulotlari videodarslari, kontentlari olindi va platformaga joylashtirildi. N.Yunusova rahbarligida 5 ta maqolasi chop etildi.

          2024 yil mart oyidan boshlab Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi biologiya fani metodisti lavozimida ishlab kelmoqda.

          2024 yil iyun oyida “Muvaffaqiyatli islohotlar -yuqori natijalar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada master-trener sifatida qatnashib,  Marshell Cavendish Education ta’lim tajribasini kaskad usulida maktablarga yetib borishida yetakchi trener vazifasini bajardi.

          2024-2025 o‘quv yili davomida “Kasbiy rivojlanish kuni va Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarida tabiiy fanlar  bo‘yicha  master-trener faoliyatini olib bordi.

          2025-yil aprel oyida “O‘quvchilarda PISA topshiriqlarini yechish ko‘nikmalarini shakllantirish”, “Odam va uning salomatligi darslarida SAT (So‘rovga asoslangan ta’lim), 5-E VA KIPLING yondashuvini qo‘llash” mavzusi bo ‘yicha uslubiy tavsiyalar hamda 4ta maqola chop etildi.

2024-2025 o‘quv yili davomida master-trenerlik faoliyati uchun Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri H.Umarova, “Marshall Cavendish Education” ekspertlari hamda  A.Avloniy nomidagi institut rektori A.Ismoilov tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlangan.

          2024-2025 o‘quv yili davomida “IV Ustozlar milliy” forumida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

          2025-2026 o‘quv yilida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining master-trenerlari uchun trening mashg‘ulotlarida qatnashdi, sertifikat bilan taqdirlandi.

     2025 yil 24 iyun kunidan to 1 avgustgacha Malayziyaning Utara Universiteti (#554 in QS World University Rankings 2025)da oflayn va onlayn tarzda malaka oshirish kursida qatnashdi. 144 soatlik malaka oshirishirilganligi to‘g‘risida  sertifikat taqdim etilgan.  

 

Powered by GSpeech