Sobirov Anvar Kuvandikovich

Samarqand viloyat pedagogik mahorat markazi direktori

(8 366) 238-80-99 Har juma kuni. Soat 15:00 dan 17:00 gacha

Vazifa va funksiyalari

Hududiy markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi, “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar hamda normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek hududiy markaz Nizomi talablariga rioya qilish;
Hududiy markaz nomidan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, xorijiy va mahalliy tashkilotlarda Hududiy markaz manfaatlarini ifoda etish, shuningdek, o‘z faoliyati to‘g‘risida Vazirlikka hisobotlar taqdim etish;
qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida hududiy markazning moliyaviy mablag‘larini tasarruf etish;
Hududiy markazga ajratilgan byudjet mablag‘larining smetada belgilangan xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha shuningdek byudjetdan tashqari mablag‘larni ishlatilishini ta’minlash;
g ‘aznachilik bo‘linmalarida hududiy markazning hisob-raqamlarini va boshqa bank hisob-raqamlarini ochish;
o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqarish va ishonchnomalar berish;
Hududiy markaz xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
direktor o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash, tarkibiy bo‘limlar va kafedralarga rahbarlik qilish borasida shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlarining hisobotlarini eshitish;
samarali mehnat qilgan xodimlarni rag‘batlantirish, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan, o‘ziga topshirilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarni o‘rnatilgan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish;
Hududiy markaz Kengashi tavsiyalari asosida o‘quv rejalari, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlash va ma’ruzalar, laboratoriya mashg‘ulotlari, ilmiy-amaliy ishlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Pedagogik markazning o‘quv-metodik va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda tinglovchilarga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
Hududiy markaz ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash hamda ushbu qoidalar xodimlar va tinglovchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
jamoada sog‘lom ma’naviy va ijodiy muhitni shakllantirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hududiy markazlar faoliyatiga qo‘yilgan sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash;
Maktabgacha va maktab ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yilgan davlat ta’lim talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, boshqa o‘quv-metodik hujjatlarning o‘quv jarayoniga joriy etilishini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish;
Hududiy markazda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni muvofiqlashtirish;

Hududiy markaz, hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va hududdagi oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda “Ustoz-shogird” tizimi orqali ustuvor bo‘lgan fan sohalari (matematika, kimyo, biologiya, fizika, ona tili va adabiyot, xorijiy tillar, psixologiya, boshlang‘ich ta’lim) bo‘yicha pedagog xodimlar va oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish choralarini ko‘rish;
bo‘limlar, kafedralar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning vazifalari, mehnat qilish va boshqa huquqlari, funksional vazifalarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlami belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hududiy markaz direktoriga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.

Powered by GSpeech