Giyasova Shirin Kobilovna 1983 - yil 23 – iyulda Samarqand viloyati Samarqand shahrida tug’ilgan.
2004 – yil Samarqand davlat Chet tillar institutining “Pedagog-psixolog va qo‘shimcha mutaxassislik ingliz tili” mutaxassisligini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2014– yilda Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini osirish institutining “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari” mutaxassisligining Qayta tayyorlash kursini tamomlagan.
Pedagogik faoliyati davomida 5 yil ingliz tili fani o‘qituvchisi, 9 yil boshlang‘ich ta’lim (ta’lim tili rus) sinflarda o‘qituvchi bo‘lib, 2 yil Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida, 2 yil Samarqand shahar XTBda boshlang‘ich ta’lim metodisti va 5 yil Samarqand shahar XTBda Ta’lim sifati monitoringi bo‘limida sho‘ba mudiri lavozimida faoliyat yurtgan.
Ko‘p yillik tajribaga ega ilg‘or pedagog sifatida o‘z xatti-harakatlari bilan ta’lim sifati samaradorligiga o‘z hissasini qo‘shib, 2019-yilda Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni sohibligiga sazovor bo‘ldi.
2023 – yil 17 – iyuldan h.v. Samarqand viloyati Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich talim metodisti lavozimida ishlab kelmoqda.
Asosiy ish faoliyati hududiy markazda viloyatdagi 18 743 nafar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarga metodik jihatdan yordam ko‘rsatib borish.
Shirin Giyasova 2021-2023 yillarda Samarqand shahar tayanch maktablar faoliyatini yuqorida darajada tashkil etilganligi hamda “Xalqaro tadqiqotlar” respublika seminarini Samarqand viloyatida tashkil etilganligi sababli viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan.
2023- yilda Respublikada tashkil etilgan “Yangi avlod darsliklarini amaliyotga joriy etish” o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, kaskad usulida viloyatda o‘quv kurslarini tashkil etdi.
2023-yil 18-avgustdagi MMTVning tuzilgan xalqaro memorandumi asosida “Marshruti zdorov’ya” nomli dasturni Samarqand viloyatining boshlang‘ich ta’lim sinflariga joriy etish bo‘yicha faol ishlar olib borildi va natijada 2023-yil dekabr oyida Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi Xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
2024-yildan buyon Samarqand viloyatida o‘qituvchilarni ilg‘or tajribalarini ommalashtirish boyicha kommisiya a'zosi.
2025-yilning fevral va sentabr oylarida “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun Kasbiy rivolanish kunlari va Kasbiy rivojlanish soatlari tadbirlarini tashkil etish” bo‘yicha A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutidagio‘quv kurslarida o‘qib, Samarqand viloyatida master-trenerlik faoliyatini yuritmoqda.