Sattorov Sardor Saidovich 1992-yil 13-mayda Samarqand viloyati, Urgut tumanida ziyolilar oilasida tug‘ilgan. 2008-yil tumandagi 131-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tugatib, Samaqand Yuridik kollejini, “Xo‘jalik huquq faoliyati” yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Mazkur kollejni 2011-yilda a’lo baholarga tugatib, Samarqand Davlat chet tillar institutining ingliz tili fakulteti, xorijiy til adabiyoti, ingliz tili yo‘nalishiga to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan. Institutni 2020-yilda tamomlab, mazkur yilda Samarqand Davlat chet tillar institutiga magistratura bosqichi, Sinxron tarjima ingliz tili yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.
2018-2020 – yillarda Pastdarg‘om tumani, MMTBga qarashli 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ilk mehnat faoliyatini boshlagan.
2020-2026-yillar maboynida Samarqand viloyati Urgut tumani MMTBga qarashli 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mentor-ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek 2024-2025-yillar maboynida Urgut tuman MMTBda “Tashqi baholash akkreditatsiyasi” bo‘limida ekspert bo‘lib faoliyat yuritgan.
Ingliz tilidan B2( multilevel) darajasiga ega hamda rus, tojik tillarida so‘zlasha oladi.
8 yillik tajribaga ega, mahoratli pedagog sifatida tumanda faoliyat olib borayotgan ingliz tili o‘qituvchilariga yangi metodikalarga o‘rgatish jarayonida samarali mehnat qilib kelgan. Maktabda ta’limning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida hozirgi kunga qadar jami 4 ta maqolalari jumladan, ulardan 2 tasi OAK e’tirof etgan ilmiy jurnalda, 2 ta xalqaro jurnal materiallarida chop qilingan.